Thompson International School filiali

Maktab haqida

Kutubxonadagi oʻquvchilar va pedagog

Bizning missiyamiz

Bolaga bilim bilan birga oʻz kuchiga ishonchni ham beramiz. Amaliy mashgʻulotlar, loyihalar va oʻqituvchining muntazam izohlari orqali oʻquvchida yetakchilik fazilatlarini tarbiyalaymiz va uni dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlaymiz.

Thompson International School haqida

Thompson brendiga 2018-yilda oʻquv markazi sifatida asos solingan. Bugungi kunga kelib, Thompson brendi ostida katta taʼlim ekotizimi yaratildi. Hozirda ushbu tizim 7 ta maktab, 6 ta bogʻcha va 10 ta oʻquv markazini birlashtiradi.

Tarmoqning asosi Thompson International School. Maktabning Toshkent, Navoiy va Namangandagi filiallarida bolalar tayyorlov sinfidan bitiruvgacha oʻqiydi. Biz ularni xorijdagi tengdoshlari bilan bemalol bellasha oladigan qilib tayyorlaymiz.

Maktab tarixi

  1. 2018
    Oʻquv markazi ochildi

    Thompson 2018-yilda bolalar uchun oʻquv markazi sifatida ochildi. Pandemiya paytida ham toʻxtamadik: ingliz tili kurslarini onlayn davom ettirdik.

  2. 2022
    Birinchi maktab: Navoiy

    Oʻquv markazidagi tajriba asosida toʻlaqonli maktab ochdik: Thompson International School’ning birinchi filiali Navoiyda ishga tushdi.

  3. 2023
    Toshkentga qadam

    Bir yildan keyin Toshkentning Chilonzor tumanida, Novzada ikkinchi filialimiz ochildi.

  4. 2024
    Ilk grant va Uchtepa filiali

    Birinchi bitiruvchimiz AQSh universitetiga grant bilan qabul qilindi. Shu yili ota-onalarning iltimosi bilan Uchtepa tumanida uchinchi filial ochildi.

  5. 2025
    Yangi filiallar va Thompson App

    Shayxontohur, Olmazor va Namanganda yangi filiallar ochildi. Thompson IELTS va SAT rasmiy test markazi maqomini oldi. Shu yili Thompson App ishga tushdi: endi ota-ona, oʻquvchi va oʻqituvchi bitta ilovadan foydalanadi.

  6. 2026
    Yunusobod filiali

    Yettinchi filial Yunusobodda ochildi. Unda kengaytirilgan STEAM laboratoriyalari va sport majmuasi bor.

  7. Bugun
    Thompson tarmogʻi

    7 ta maktab, 6 ta bogʻcha va 10 ta oʻquv markazi.

Thompson ekotizimi

6xususiy bogʻcha
7maktab
10oʻquv markazi
Tez kundaUniversitet

Bizning qadriyatlarimiz

Ishonch

Ota-onalar va oʻquvchilar bilan halol va ochiq munosabatda boʻlamiz.

Natija

Muvaffaqiyatni har bir oʻquvchining haqiqiy bilimi va yutuqlari bilan oʻlchaymiz.

Oʻrganish

Oʻquvchilar bilan birga oʻqituvchilar va butun jamoa ham doim yangi narsalarni oʻrganadi.

Zavq

Bola qiziqib oʻqiydigan muhit yaratamiz.

Tartib

Barcha filiallarda intizom va xavfsizlik talablari bir xil.

Qabul bosqichlari

Thompson International School’ga qabul jarayoni

  1. Saytda ariza qoldirish

    Saytdagi formani toʻldiring va yuboring.

  2. Mutaxassis bilan suhbat

    Maktab mutaxassisi siz bilan bogʻlanadi, savollaringizga javob beradi va farzandingizga mos yoʻnalishni maslahat beradi.

  3. Ekskursiyaga yozilish

    Maktabga kelish uchun oʻzingizga qulay kun va vaqtni tanlaysiz.

  4. Ekskursiya va direktor bilan suhbat

    Maktabni aylanib koʻrasiz, darslar qanday oʻtishini oʻz koʻzingiz bilan koʻrasiz va direktor bilan tanishasiz.

  5. Shartnoma tuzish

    Barcha shartlar kelishilgach, taʼlim shartnomasini imzolaysiz va bola oʻqishni boshlaydi.

Ariza qoldiring

Formani toʻldirib, aloqa maʼlumotlaringizni qoldirasiz. Maktab mutaxassisi siz bilan bogʻlanadi, savollaringizga javob beradi va filial tanlashga yordam beradi.

+998 55 555 55 00
Istalgan sinf
Istalgan filial

Ariza yuborish bilan siz shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.