Namangan
Namangan, Furqat mahallasi

Dasturlar
Tayyorlov sinfi (0-sinf), boshlangʻich maktab (1–4), oʻrta maktab (5–7) va yuqori sinflar (8–11). Ingliz tili daraja boʻyicha, koʻp gapirib oʻrganiladi, matematika kichik guruhlarda oʻtadi. Yuqori sinflarda tanlangan yoʻnalish fanlari chuqur oʻqitiladi, laboratoriya, IT va loyiha ishi ham bor.

Infratuzilma
Sinf xonalari, IT va robototexnika xonasi, laboratoriyalar, sport maydoni, oshxona, kutubxona va dam olish joyi.

Ovqatlanish
Nonushta va issiq tushlik oldindan tuzilgan menyu boʻyicha beriladi, taom sifati nazorat qilinadi. Farzandingiz ovqatlanishida alohida talablar boʻlsa, filial maʼmuriyati bilan kelishib olasiz.
Xavfsizlik
Hududga kirish nazorat qilinadi, videokuzatuv ishlaydi, bolalar kun boʻyi kattalar nazoratida. Davomat Thompson App’da qayd etiladi.
Jadval
Barcha filiallarda kun tartibi bir xil: oʻquvchilar 08:00 da keladi, oʻquv kuni 17:00 da tugaydi. Darslardan keyin toʻgaraklar va uy vazifasi uchun vaqt bor. Sinfga qarab jadval biroz farq qiladi, buni yozilishda aytib beramiz.
Ariza qoldiring
Ariza qoldirganingizdan keyin:
- Ariza
Formani toʻldirib, aloqa maʼlumotlaringizni qoldirasiz.
- Mutaxassis qoʻngʻirogʻi
Maktab mutaxassisi siz bilan bogʻlanadi, savollaringizga javob beradi va filial tanlashga yordam beradi.
- Ekskursiya va direktor bilan uchrashuv
Tanlangan filialda, sizga qulay kun va vaqtda.
- Shartnoma tuzish
Barcha shartlar kelishilgach, bola oʻqishni boshlaydi.

