Taʼlim dasturi
Thompson International School’da taʼlim tayyorlov sinfidan bitiruv sinfigacha boʻlgan toʻrt bosqichdan iborat. Har bosqichda bola yoshiga mos bilim va koʻnikmalarni oladi va keyingisiga asta-sekin tayyorlanadi.
- Tayyorlov sinfi (0-sinf)0 sinf
Bolani 6 yoshdan maktabga tayyorlaymiz: nutqi, diqqati va xotirasini rivojlantiramiz, qoʻlini yozishga tayyorlaymiz, harf va raqamlarni oʻrgatamiz. Ingliz tili, jumladan ogʻzaki nutq darslari 0-sinfdanoq boshlanadi.
Natija: Bola harf va tovushlarni taniydi, 10 gacha sanaydi, ingliz tilidagi oddiy gaplarni tushunadi. U 1-sinfga tayyor boʻladi.
- Boshlangʻich maktab, 1–4-sinflar1–4 sinf
Bilimning mustahkam poydevorini qoʻyamiz: oʻqish, savodli yozish va matematika. Matematika, ingliz tili va IT chuqurlashtirib oʻqitiladi, bola ogʻzaki nutqni koʻp mashq qiladi. Shu bosqichda ikkinchi chet tili sifatida xitoy tili qoʻshiladi. 4-sinfda oʻquvchilar ilk loyihalarini bajaradi va murakkab masalalarni yechishni oʻrganadi.
Natija: Bola mustaqil oʻqiydi va yozadi, misollarni ishonch bilan yechadi, ingliz tilida muloqot qiladi va kompyuterda ishlashning asosiy koʻnikmalarini egallaydi.
- Oʻrta maktab, 5–7-sinflar5–7 sinf
Matematika, ingliz tili va IT chuqurlashtirib oʻqitiladi. Oʻquvchilar 3D-modellashtirishni va maketlarni chop etishni oʻrganadi, kimyo, biologiya, tarix kabi fanlarni VR laboratoriyasida ham oʻtadi, loyiha va tadqiqot ishlarini bajaradi.
Natija: Oʻquvchi murakkab masalalarni yechadi, matn va maʼlumot bilan savodli ishlaydi, 3D-modellar yaratadi va raqamli vositalardan ishonch bilan foydalanadi.
- Yuqori sinflar, 8–11-sinflar8–11 sinf
Yuqori sinflarda matematika, akademik ingliz tili va IT chuqur oʻqitiladi. 8-sinfdan IELTS va SAT’ga tayyorgarlik boshlanadi. Oʻquvchilar loyiha qiladi, tanqidiy fikrlash va taqdimot qilishni oʻrganadi. Ustozlar bilan birga universitet tanlaydi, uning talablariga tayyorlanadi, portfolio yigʻadi va hujjat topshiradi.
Natija: Bitiruvchi akademik ingliz tilini egallaydi, xalqaro imtihonlarni topshiradi va dunyoning yetakchi universitetlariga kirishga tayyor boʻladi.
Ariza qoldiring
Ariza qoldirganingizdan keyin:
- Ariza
Formani toʻldirib, aloqa maʼlumotlaringizni qoldirasiz.
- Mutaxassis qoʻngʻirogʻi
Maktab mutaxassisi siz bilan bogʻlanadi, savollaringizga javob beradi va filial tanlashga yordam beradi.
- Ekskursiya va direktor bilan uchrashuv
Tanlangan filialda, sizga qulay kun va vaqtda.
- Shartnoma tuzish
Barcha shartlar kelishilgach, bola oʻqishni boshlaydi.




